Akkumulyatorla energiyani kimyoviy shaklda o’zida saqlaydi va kerak bo’lgan holatlarda elektr energiyasi sifatida o’zidan chiqaradi. Ushbu elektr quvvati dvigatelni ishga tushirish uchun avtomobilning o’t oldirish tizimi tomonidan ishlatiladi.
Avtomobil akkumulyatori faralar va boshqa jihozlarni ham quvvatlay oladi. O’zgaruvchan tok generatori yoki privod ventilyatorini qo’zg’aysan kamar ishdan chiqqan taqdirda, akkumulyator qisqa vaqt mobaynida avtomobilning butun elektr tizimini ham quvvatlay oladi.
