Akkumulyatorni joylashtirishdan oldin, o’rnatish ishlari uchun zarur bo’lgan jihozlarni va materiallarni tayyorlab ko’ying.
– 10 va 13 hajmdagi maxsus kalitlar (boshqa razmerdagi variantlar ham bo’lishi mumkin). Ba’zi hollarda, xususan, kleymalar kuchli oksidlanish xolatlarida, kontaktlar va kleymalarning korroziyasini tozalab olish uchun, hamda ular qayta korroziyalanmasligi uchun boshqa jixozlar va maxsus vositalar kerak bo’lishi mumkin.
O’rnatish paytida xavfsizlik choralariga rioya qiling:
Akkumulyator bilan ishlashda xavf omillari:
- qisqa tutashuv holatida kuchlu kuchlanish oqimining ehtimoli,
- oqim o’tkazuvchi qismlarning (jixozlarning) uchqunlanishi va haddan ziyod qizib ketishi;
- elektrolitning agressiv kimyoviy xususiyatlari;
- og’ir akkumulyatorlar.
Yuqoridagi xavf omillarini hisobga olgan holda, akkumulyatorni o’rnatish jarayonida quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak:
- o’rnatishning texnik jarayoniga rioya qilish;
- maxsus ish kiyimida ishlash;
- poyabzal yopiq turdagi va ma’lum bir qattiqlikka ega bo’lishi kerak (maxsus ish botinkalari);
- shaxsiy himoya vositalari sifatida rezina qo’lqop, ko’zoynakdan foydalaning (kutilmagan holatlarda elektrolitlar tanaga va ko’zlarga tushmasligi uchun).
Avtomobilning akkumulyatorini o’z joyiga o’rnatishni boshlashdan oldin, tayyorgarlik ishlarini bajarish lozim:
- Axlatlardan va changdan, akkumulyatorni o’rnatish joyini tozalab oling.
- Agar siz yuqoriroq quvvatga ega bo’lgan akkumulyatorni o’rnatishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda siz ushbu jixozingiz belgilangan o’lchamlarga mos kelishiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
- E’tibor bering, ish jarayonida akkumulyator yaxshi ventilyatsiya qilinishi kerak. Aks holda, ayniqsa, issiq mavsumda u qaynab ketishi mumkin. Aks holda, ayniqsa, issiq mavsumda qaynab ketishi mumkin.
- Akkumulyatorning kuchlanish darajasini hamda elektrolitlar darajasini tekshiring (xizmat ko’rsatiladigan versiyalarda).
- Kontaktlar va kleymalarning sifatini darajasini baholang. Agar zaruriyat tug’ilsa, kleymalarni tozalash lozim: birinchi navbatda yirik, keyin esa maydaroq zımpara yordamida. Zimpara yoq hollarda, kleymalarni pichoq bilan tozalashingiz ham mumkin. Boshlanish tok oqimi kontaktlarning sifatiga bog’liq – bu akkumulyatorning asosiy xususiyatlaridan biridir.
Multimetr bilan o’lchangan tokning kuchlanish miqdori 12,6 dan 12,9 voltgacha bo’lishi lozim. Agar u ko’rsatilgan pastki chegara miqdoridan pastroq bo’lsa, akkumulyatorni qayta zaryadlash kerak bo’ladi. Statsionar sharoitda akkumulyatorni, mashinada ustida zaryadlashdan ko’ra osonroq bo’ladi.
Ishlatilgan akkumulyatorni mashinangizga o’rnatayotmoqchi bo’lsangiz, oldin elektrolitlar zichligini tekshirishni tavsiya etamiz. Tselsiy bo’yicha 25 daraja haroratda ko’rsatgichlar 1 kub/santimetr uchun 1,26 dan 1,30 grammgacha bo’lishi kerak. Zichlikni tekshirib ko’rish uchun areometrdan foydalanish lozim.
Agar siz shubhali va sifatsiz akkumulyator xarid qildim deb shubhalansangiz, siz uskunaning boshlang’ich tok oqimini tekshirib ko’rishingiz mumkin. Bu jarayon maxsus moslamalar (vilkalar) yordamida amalga oshiriladi. Ko’pchilik sotuvchilar akkumulyatorni xaridorga topshirishdan oldin tok oqimining nazorat o’lchovini o’tkazadilar, va bu ishlari juda to’g’ri.
Xizmat ko’rsatish markazimizda barcha o’lchovlarni quyidagi manzilda bepul amalga oshirishingiz mumkin:
Toshkent sh., Yunusobod 19-uy. Yunusota, “O‘zmaloil” yoqilg’i quyish shoxobchasi.
Telegram @istabattery ga so’rov yuborish yoki +(99899) 858-85-83 raqamiga qo’ng’iroq qilish orqali siz avtomobil diagnostikasiga ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Avtomobilning elektr jihozlariga zarar etkazmaslik uchun akkumulyator quyidagi ish ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda o’rnatilishi kerak:
- Akkumulyatorni mashinaning belgilangan joyiga o’rnating. Akkumulyatorda kleymalarning qutup bo’yicha, plus va minus pozitsiyalariga muvofiq joylashtirilganligini tekshiring. Bundan tashqari, akkumulyatorning minus qutubi (17,5 mm) plus (19,5 mm) qutubiga qaraganda ingichkaroq ekanligini bilishingiz zarur. Qutblarda chalkashmaslikning bu himoyasi tasodifiy emas. Agar siz akkumulyatorni teskari qutbga o’rnatsangiz, predoxranitellarning yarmi kuyib ketadi, generator ishlamay qoladi, avtomobildagi elektron uskunalar bilan bog’liq jiddiy muammolar kelib chiqadi.
- Akkumulyatorni mashinaning belgilangan joyiga kronshteyn yoki skoba yordamida mahkamlang.
- Musbiy (plus) kleymasini birinchi bo’lib joylashtiring (kleymani mustaxkamlaydigan kalit avtomobilning massasi bilan tutashgan holda, qisqa tutashuv bo’lmaydi, chunki salbiy kontakt hali ulanmagan); salbiy kleymani o’rnating va mahkamlang. Dvigatelni o’t oldirib ko’ring. Keyinchalik paydo bo’lishi mumkin bo’lgan korroziyaning oldini olish uchun kontaktlar va kleymalarga qayta ishlov bering.
Yetkazib berishga buyurtma berishingizda bizakkumulyatorni joyida o’rnatish xizmatini amalga oshiramiz. Akkumulyatorni xarid qilishdan oldin va undan keyin ham barcha tekshirish xizmatlarini oshirish uchun siz har doim bizning xizmat ko’rsatish markazimizga murojaat qilishingiz mumkin. Sizni kutib qolamiz!
