Akkumulyatorning quvvat darajasi

Tegishli zaryad darajasi bilan batareyaning kuchlanish jadvali

Akkumulyatorning suv (ichidagi suyuqlik miqdori) darajasini kuzdan kechirilgandan so’ng, akkumulyatorning zaryad (quvvat) darajasi tekshiriladi. Buning uchun siz voltmetrdan foydalanib akkumulyatorning zaryadlangan/zaryadsizlanganligini dastlabki kuchlanish quvvati bilan aniqlashingiz kerak. To’liq zaryadlangan akkumulyator 12 voltdan yuqori bo’lgan kuchlanishni chiqaradi. Tegishli zaryad darajasiga ega akkumulyatorning kuchlanish jadvali uning zaryadlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Voltmetr yordamida generatorning avtomobil akkumulyatorini zaryadlash qobiliyati ham tekshiriladi. Buning uchun dvigatel ishlayotgan va avtomobilning elektr jihozlari o’chirilgan holda, generator terminallaridagi kuchlanish o’lchanadi. Generator taxminan 14 voltni berishi kerak, agar xizmat ko’rsatish kamari va generator ishlamasa, chiqish oqimi kamayishi mumkin.

менеджер ista.uz
ista.uz
Onlayn
ista.uz menejeri

Salom!
Sizga qanday yordam berishim mumkin?

03:54
Напишите нам в Телеграм